Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodining badiiy xususiyatlari, xususan, uning “Sobiq” va “Qoplon” hikoyalari asosida fonostilistik vositalar orqali ifodalangan g‘oya va tasvirlar tahlil qilinadi. Assonans, alliteratsiya, geminatsiya, anafora, epifora, tovush ortishi, tushishi va o‘zgarishlari kabi fonetik vositalarning hikoyadagi o‘rni aniqlanadi hamda bu vositalarning hajviylik va realizmni ifodalashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, fonostilistik vositalarning adabiy til taraqqiyoti va badiiy obraz yaratishdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi.
References
1. Said Ahmad. Tanlangan asarlar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2000.
2. Boboqulova S. Said Ahmad asarlaridan fonostilistik vositalarga misollar topish va ularni tahlil qilish. PPT taqdimoti. 2025.
3. Xudoyberganov G‘. Adabiy til va stilistika. Toshkent: O‘qituvchi, 1998.
4. Yuldoshev A. Fonostilistika asoslari. Samarqand, 2010.
5. Karimov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Fan, 2003.