Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot konsepsiyasining ishsizlik muammosini hal qilishdagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki yangi, innovatsion ish o‘rinlarini yaratish orqali mehnat bozoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada xalqaro tashkilotlarning (ILO[3], IRENA[4], UNEP[5]) ma’lumotlari asosida yashil ish o‘rinlarining asosiy yo‘nalishlari, mehnat bozoridagi transformatsiya jarayonlari va barqaror bandlik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga doir davlat strategiyalari[2] va yangi ish o‘rinlarini shakllantirishdagi amaliy tashabbuslar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil ish o‘rinlarini yaratish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkin.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023.
2. PQ-4477-sonli Prezident qarori, 2023 yil. // Lex.uz
3. ILO. World Employment and Social Outlook 2018 – Greening with Jobs. Geneva: ILO, 2018.
4. IRENA. Renewable Energy and Jobs – Annual Review 2023. Abu Dhabi: IRENA, 2023.
5. UNEP. Green Jobs: Towards Decent Work in a Sustainable, Low-Carbon World. Geneva: UNEP/ILO, 2008.