Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi transformatsion metod asosida tahlil etilgan. Asar tili, grammatik tuzilmalari, sintaktik birliklari hamda obrazlarning nutqiy portretlari transformatsion yondashuv asosida o‘rganildi. Tahlil jarayonida asardagi dramatik holatlar, voqealar ketma-ketligi va badiiy vositalarning lingvistik jihatlari aniqlanib, ularning semantik yuklamalari ochib berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, transformatsion metod orqali badiiy matnni chuqur tahlil qilish, obrazlarni yanada teran anglash hamda o‘quvchilarga adabiy-estetik tushunchalarni samarali yetkazish mumkin. Mazkur metod o‘quvchilar tafakkurini faollashtirish, tahliliy fikrlash malakasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Nurmonov, Sh. (2008). Zamonaviy lingvistik metodlar. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 64-67.
2. Chomsky, N. (1957). Syntactic Structures. The Hague: Mouton.
3. Nurmonov A. (2015). Tilshunoslikda transformatsion tahlil metodlari. - Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 45-46.
4. Qodirov S. (2020). Adabiy matn va tilshunoslik yondashuvlari. - Samarqand: Zarafshon, 82–84.
5. Q.Yo'ldoshev, V.Qodirov. (2019). 9-sinf adabiyot.- Toshkent, 366.