Abstract
Ushbu maqolada reklama va radioreklamaning zamonaviy axborot maydonidagi o‘rni, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarga ta’siri hamda lingvopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Radioreklamaning boshqa axborot vositalaridan farqli jihatlari, xususan, inson ovozi, musiqiy fon va ovoz effektlari orqali tinglovchiga ta’sir ko‘rsatish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, radioreklamaning auditoriya bilan samimiy aloqani o‘rnatish va ishonch uyg‘otish uchun ahamiyati yoritiladi.