TUPROQ UNUMDORLIGIGA ORGANIK O‘G‘ITLARNING TA’SIRI XORAZM VILOYATI TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA.
PDF

Keywords

organik o‘g‘itlar, chorva go‘ngi, kompost, vermikompost, yashil o‘g‘itlar, mikrobilogik faollik.

Abstract

Mazkur ishda Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida organik o‘g‘itlarning tuproq unumdorligiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlarda chorva go‘ngi, kompost, vermikompost va yashil o‘g‘itlar kabi organik o‘g‘it turlarining sho‘rlangan va deflyatsiyaga uchragan tuproqlarga qo‘llanganda fizik-kimyoviy xossalarni yaxshilashi, gumus miqdorini oshirishi va mikrobiologik faollikni rag‘batlantirishi aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, organik o‘g‘itlardan tizimli foydalanish tuproqning ekologik holatini tiklash, hosildorlikni barqaror oshirish va kimyoviy o‘g‘itlarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, vermikompost sho‘rlanish darajasini kamaytirish va o‘simlik ildiz zonasidagi foydali mikroorganizmlar sonini oshirishda samarali vosita sifatida ajralib turadi. Ish yakunida Xorazm sharoitida ekologik xavfsiz va agrotexnik jihatdan asoslangan organik o‘g‘itlash tizimini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

PDF

References

1. Karimov, A.K. (2020). Tuproqshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.

2. FAO (2017). Soil fertility management in Central Asia. Rome: Food and Agriculture Organization.

3. Bobojonov, O., & Jalilov, M. (2019). “Organik o‘g‘itlarning tuproq unumdorligiga ta’siri.” Agrokimyoviy izlanishlar jurnali, №3, 15–18.

4. Rajabov, A. (2021). “Sho‘rlangan tuproqlarda mikrobiologik faollik va kompostning roli.” Tuproqshunoslik va agrotexnika, №2, 22–26.

5. Norboyeva, N. (2023). “Vermikompostning sho‘rlangan tuproqlarga ta’siri.” Ilm va taraqqiyot, №4, 30–34.

6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti. (2022). “Organik o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar.”

7. Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi bo‘limi arxivi, tajriba natijalari (2021–2023 yillar).