Abstract
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi hududida yong‘oq (Juglans regia L.) daraxtidan olinadigan shirani tarqalishi va hosildorligiga ta’sir etuvchi asosiy tuproq-iqlim omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda vodiyning turli agroekologik zonalarida joylashgan yong‘oq plantatsiyalarida o‘tkazilgan kuzatish va tahlillarga asoslanilgan. Tuproq tarkibi, namlik darajasi, harorat rejimi, yillik yog‘ingarchilik miqdori hamda relьef xususiyatlari yong‘oq shirasining hosildorligi va sifatiga qanday ta’sir etishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yaxshi shamollanuvchi, unumdor va o‘rtacha nam tuproqlarda, optimal haroratli hududlarda yong‘oq shirasining chiqishi yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, ekstremal iqlim o‘zgarishlari va sho‘rlanish darajasining oshishi salbiy ta’sir ko‘rsatishi kuzatildi. Ushbu ilmiy ish yong‘oq yetishtiruvchilarga agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri rejalashtirish va tabiiy sharoitlardan maksimal darajada samarali foydalanishda yordam berishi mumkin.
References
1. Usmonov A.B. Yong‘oq daraxti biologiyasi va parvarishi. Toshkent: Fan, 2019.
2. Karimova S.A. Yong‘oq shirasining kimyoviy tahlili va tibbiyotdagi qo‘llanilishi. O‘zMU Ilmiy jurnali, 2021.
3. Toirova M. O‘zbekiston janubida yong‘oq plantatsiyalarining samaradorligi. Agrar fanlar, 2020.
4. GOST 26213-91. Tuproq namligini aniqlash bo‘yicha standart. Moskva, 1991.
5. O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlari. www.meteo.uz