Abstract
O‘tmishdan bizga ma’lumki, din insonlar ongiga ta’sir o‘tkazishning eng samarali usullaridan biri sifatida namoyon bo‘la boshlagan. O‘z navbatida, diniy ta’limotlar har qanday davlat va jamiyat hayotida madaniyat va ma’naviyatga kuchli ta’sir o‘tkazish orqali davlat va jamiyat miqyosida asosiy o‘rinni egallab kelgan. Dunyo miqyosida globallashuv jarayonida avj olib borayotgan ma’naviy tahdidlar, avvalo, mamlakat barqarorligi va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda rahna solmoqda. Hozirgi kunda turli dinlar va konfessiyalar orasidagi eng asosiy to‘sqinlik bevosita missionerlik va prozelitizm harakatlari natijasida sodir bo‘lmoqda. Mazkur harakatlarni oldini olish va bartaraf etish dunyo miqyosidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolaveradi. Xo'sh, missionerlarning asl maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Ularning harakatlari jamiyat taraqqiyotiga qanday salbiy ta'sirini ko'rsatadi? Missionerlik harakati yoshlar, ayniqsa, bolalar ongiga qanday ta'siri mavjud? Yurtimizda bunday oqimga qarshi qanday ishlar olib borilmoqda? Bu savollarga ushbu maqola orqali keng ko‘lamda, to‘laqonli javob beramiz.
References
1."Diniy ekstremizm,missionerlik va xalqaro terrorizmga qarshi kurash"qo'llanmasi
2.Darakchi.uz sayti
3."Dunyo dinlar tarixi" 10-11 sinf
4.Boboxon Boboxonov "Missionerlik" mavzusidagi taqdimoti
5.Sammuslim.uz sayti