Abstract
Maktabgacha ta’lim,bolaning rivojlanishida muhim bosqich bo’lib,ularning shaxsiy,ijtimoiy va akademik ko’nikmalarini rivojlantirishda muhim ro’l o’ynaydi.Ushbu davrda bolalar o’z atrofidagi dunyo bilan tanishib,yangi bilimlarni o’zlashtirish va muammolarni hal qilish ko’nikmalarini rivojlantirish jarayonidan o’tadilar. STEAM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San'at, Matematika) yondashuvi, bolalarning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta'lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. STEAM o‘yin usullari esa, bolalarning o‘rganish jarayonini osonlashtirib, ularning ijodkorlik, analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga egaMazkur maqolada STEAM konsepsiyasi asosida o‘yin usullarini maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etishning pedagogik ahamiyati yoritiladi.
STEAM yondashuvi bolalarning tafakkurini rivojlantirish, ularni kreativ fikrlashga o‘rgatish, tabiat va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin faoliyatiga asoslangan interaktiv darslar yordamida tarbiyalanuvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Maqolada ushbu usulning afzalliklari, amaliy tatbiqi va natijalari tahlil qilinadi.
References
1. Azizxo‘jayeva N.N. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” – Toshkent, 2021.
2. Shodmonov Sh. “STEAM ta’lim tizimida integratsion yondashuvlar”, Ilm-fan nashriyoti, 2022.
3. Xamidova M., “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin texnologiyalari”, 2020.
4. Yakobson D., “STEAM Education in Early Childhood”, 2021.
5. Maktabgacha ta’lim vazirligining “Innovatsion pedagogika” to‘plami, 2023.