Abstract
Akademik eshkak eshish – bu sport turi, unda sportchilar qayiqda eshkak yordamida suv bo‘ylab harakatlanadilar. Ushbu maqolada akademik eshkak eshishning tarixi, texnikasi va jismoniy hamda ruhiy foydalari keltirilgan. Sportning qadimiy tarixidan boshlanib, bugungi kunda qanday shakllarda o‘tkazilayotgani, uning jismoniy va psixologik foydalari, shuningdek, texnikasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada sportchilardan talab qilinadigan kuch, chidamlilik, muvozanat va ruhiy tayyorgarlik ko‘rsatilgan. Akademik eshkak eshish, nafaqat professional sportchilar uchun, balki sog‘lom turmush tarziga intiluvchilar uchun ham foydalidir, chunki bu sport turining ko‘plab jismoniy va ruhiy foydalari mavjud.