Abstract
Ushbu maqolada Samarqand me’moriy obidalari, ularning tarixiy rivojlanishi va san’at bilan uyg‘unligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Samarqand Sharq sivilizatsiyasining eng qadimgi markazlaridan biri bo‘lib, uning me’morchiligi turli davrlarning madaniy va san’at yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida barpo etilgan me’moriy obidalar o‘zining betakror naqsh va bezaklari bilan ajralib turadi. Maqolada Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi kabi tarixiy yodgorliklarning me’moriy xususiyatlari va ularning san’at bilan uyg‘unligi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Samarqand me’morchiligini rivojlantirish va uni kelajak avlodga yetkazish muhimligini ko‘rsatadi.
References
1. YUNESKO (2021). "Markaziy Osiyo madaniy merosi va me’morchiligi."
2. Rashidov, A. (2019). "Temuriylar davrida Samarqand me’morchiligi." Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
3. Yusupova, D. (2020). "O‘zbekiston me’moriy obidalari va ularning san’atdagi o‘rni." Samarqand Davlat Universiteti nashriyoti.