UYQU FIZIOLOGIYASI, UYQUNING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada uyqu fiziologiyasi, uning organizm uchun ahamiyati va inson hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Uyquning biologik asoslari, uning bosqichlari, sirkadiyal ritmlar hamda uyqu sifatiga ta’sir etuvchi omillar keng yoritiladi. Shuningdek, uyquning jismoniy va ruhiy salomatlikdagi roli, xotira, ish faoliyati va umumiy hayot sifatiga ta’siri, ko’p uxlab ham uyquga to’ymaslikning sabablari haqida ilmiy dalillarga asoslangan ma’lumotlar keltiriladi. Bu maqola butun hayot davomida uyquning ro’li qanchalik katta ekanligi va to’g’ri uyqu rejimiga o’tish uchun ko’rsatma va dalillar bilan yoritilgan!  Maqola tibbiyot talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va sog‘lom turmush tarzi bilan qiziqqan barcha o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladi.

Uyqu o’zi nima? Uyquni biz inson tanasi bilan miyasi muloqat qiladigan doimiy  vaqt deb mavhumiy tushunishimiz ham mumkin. Uyqu – bu organizmning dam olish va tiklanish jarayoni bo‘lib, asab tizimi faoliyatining vaqtincha pasayishi bilan kechadi. Uyqu – bu organizmning tabiiy fiziologik holati bo‘lib, u davomida markaziy asab tizimining faoliyati vaqtincha pasayadi, organizm energiyani tiklaydi va muhim biologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Uyqu davomida miyada axborotlarni qayta ishlash, gormonlar ajralishi, hujayralarning yangilanishi va immun tizimining mustahkamlanishi kabi jarayonlar kechadi. Bu holat sirkadiyal ritmlar tomonidan boshqariladi va inson salomatligi hamda hayot sifati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Uyqu muhim biologik zaruriyat bo‘lib, u asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, immunitet va ruhiy salomatlikka kuchli ta’sir qiladi.

Uyqu inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, organizmning tiklanishi, miya faoliyati, gormonal muvozanat va umumiy salomatlik uchun juda muhimdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, inson hayotining taxminan 1/3 qismini uyquga sarflaydi. Zamonaviy tibbiyotda uyqu fiziologiyasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda, chunki uyquning sifati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bevosita ta’sir qiladi.

PDF

References

1. “Tibbiyot Psixologiyasi” (Zarifboy Ibodullayev) 2019-nashr

2. “Umumiy Psixologiya” (M.E. Zufarova) 2010-nashr.

3. Kryger, M. H., Roth, T., & Dement, W. C. (2017). Principles and Practice of Sleep Medicine. Elsevier.

4. Sateia, M. J. (2014). International classification of sleep disorders – third edition: Highlights and modifications. Chest Journal, 146(5), 1387–1394.

5. Ohayon, M. M., & Shahar, E. (2017). Sleep paralysis and associated hypnagogic and hypnopompic experiences. Journal of Clinical Sleep Medicine, 13(10), 1203–1211.

6. Cheyne, J. A., Rueffer, S. D., & Newby-Clark, I. R. (1999). Hypnagogic and hypnopompic hallucinations during sleep paralysis: Neurological and cultural perspectives. Consciousness and Cognition, 8(3), 319–337.

7. American Academy of Sleep Medicine – www.aasm.org

8. National Sleep Foundation – www.sleepfoundation.org

9. https://darakchi.uz/oz/45232

10. https://youtu.be/r1pGhWQHucA?si=x-QVsvYQ37WQwa42