Abstract
Jurnalistika – bu axborot olish, tahlil qilish, taqdim etish va ommaviy ravishda tarqatish jarayonidir. Maktabda jurnalistika sohasini o'rganishni boshlash yoshlarning fikrlash va kommunikatsiya ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu maqolada jurnalistikani maktabda o'rganishning afzalliklari, uning o'quvchilarni qiziqtirishi va ularning jamiyatdagi roli haqida so'z yuritiladi. Maktabda jurnalistika fanlarini o'rgatish, yoshlarni ijtimoiy mas'uliyatga, haqiqatni izlashga va axborotni aniq va ishonchli taqdim etishga undaydi.