Abstract
Ushbu maqolada axborot xavfsizligi mutaxassislarining professional ta'limdagi o'rni va ahamiyati muhokama qilinadi. Axborot texnologiyalari va raqamli transformatsiya jarayonlarining tez rivojlanishi bilan axborot xavfsizligi sohasiga bo'lgan talab ortdi. Maqolada ushbu mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo'lgan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta'lim jarayonlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, kiberhujumlarga qarshi kurashish, ma'lumotlarni himoya qilish va xavfsiz tizimlarni yaratish borasidagi dolzarb masalalar va texnologik yutuqlar ham tahlil qilinadi. Axborot xavfsizligi mutaxassislarining ta'limini samarali tashkil etish, kelajakda bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo'shishi mumkin