Abstract
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan birga davlat xizmatlarining ko‘rsatish usullari ham o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda fuqarolar uchun raqamli davlat xizmatlari – bu vaqtni tejash, qulaylik va tezlik kabi afzalliklarni taqdim etuvchi muhim vositaga aylangan. Biroq, raqamli xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy masalalar ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada raqamli davlat xizmatlari ko‘rsatishda fuqarolar huquqlarini himoya qilishning zaruriyati va amalga oshirish usullari haqida so‘z yuritamiz.