Abstract
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Mirzacho‘l vohasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum.L.) genotiplarining mahsuldorligi bo‘yicha ma’lumotlar o‘rin olgan. Tadqiqot obyeti sifati kuzgi yumshoq bug‘doyning 268 navlari, kollektsion namunalari va seleksion materiallari olingan. Sho‘rli muhitga moslashgan genotiplarni tanlashda ularning mahsuldorligiga ahamiyat qaratilgan. Buning uchun standart og‘ish (S) kriteriyasi yordamida genotiplar kam 91,19 g/m2, o‘rta 514,38 g/m2 va sermahsul 751,89 g/m2 guruhlarga ajratilgan. Kuzgi bug‘doy belgilari (14 belgilar) miqdoridoriy ko‘rsatkichlarining variatsiyalanganlik, determinatsiyalanganlik hamda o‘zaro korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi va tuzilishi kam, o‘rta va sermahsul genotiplar kesimida o‘rganilgan. Natijada, kam mahsulli genotiplar sho‘rga chidamsiz deb e’tirof etilgan va sermahsul sho‘rli muhitga moslashgan genotiplar tanlab olingan. Bunda miqdoriy belgilarining variatsiyalanganlik va determinatsiyalanganlik hamda o‘zora korrelyatsion bog‘lanishlar darajasi kam mahsulli genotiplarda sermahsul genotiplarga nisbatan ortganligi qayd etilgan. O‘simliklarning sho‘rli muhitga chidamli genotiplarini tanlashda ularning mahsuldorligi, ayniqsa, boshoq soni, boshoqdagi don og‘irligi muhim kriteriyalardan ekanligi e’tirof etilgan.
References
1. Кушиев Ҳ., Кулиев Т, Эшкувватов А. Кузги буғдой навлари морфологик белгилари ўзгарувчанлик даражасига экиш меъёрининг таъсири. Ўзбекистонда буғдой селекцияси, уруғчилиги ва етиштириш технологиясига бағишланган биринчи миллий конференция. Т: 2004, - 43-45 б.
2. Кулиев Т, Эшқувватов А. Selection of a seed material vici in the conditions of soil salinity. ІІ Международном научном конгрессе “Фундаментальные и прикладные исследования в Америке, Европе и Азии”, США, Нью-Йорк. 2014.- 584-585 с.
3. Zheng Y., Wang Z., Sun X., Jia A., Jiang G., and Li Z. “Higher salinity tolerance cultivars of winter wheat relieved senescence at reproductive stage”. Environ. Experimental. Botany. 2008. 62, - с129–138 p.
4. Mondal, S.K. and M.R. Khajuria. “Correlation and path analysis in bread wheat (Triticum aestivum L.) under rainfed condition” jour. Environment and Ecology, 2001. 18(2): -405-408 p.
5. Haleem A., Hassan G., Iqbal A., Khan F.U., Sajid M., Ahmad F., Khan R.U. and Ilyas M. “Genetic variability and correlation analysis in F2 wheat populations”. Sarhad Journal of Agriculture, 2022 № 38 (2): -398-408 p.
6. Kaleem.M.S, Hussain F., Rafiq M., Iqbol Z., Iqbol J. and Chowdhry M.A. “Estimates of heritability and genetic advance for grain yield and its components in different segregating populations of wheat” J. Agrik. Res., 2013. -51(4): - 349-360 p.
7. Качур О.Г. Взаимосвязь массы зерна колоса и его крупности с продуктивностью растения у озимой пшеницы // Теоритические основы селекции и семеноводства сельскохозяйственных культур в Западной Сибири. Новосибирск. 1985. - 73-78 с.
8. Aliu S and Fetahu S Determination on genetic variation for morphological traits and yield components of new winter wheat (Triticum aestivum L.) Lines. J. Sci. Bio. 2(1): 2009. 121-124 p.
9. Munir M, Chowdhry MA and Malik TA “Correlation studies among yield and its components in bread wheat under drought conditions” Int. J. Agri. Biol. 2007. 9 (2): - 213-215 p.