Oʻzbekistondan sunʼiy intellektning oʻrni
PDF

Keywords

Sun’iy intellekt, O‘zbekiston, innovatsiya, ta’lim, raqamli iqtisodiyot, startaplar, investitsiya, global tendensiyalar, texnologik rivojlanish, Raqamli O‘zbekiston – 2030.

Abstract

Ushbu tadqiqot sun’iy intellekt texnologiyalarining O‘zbekistonda

rivojlanishi, ta’lim va innovatsion sektorlarga ta’siri, hamda xalqaro tajribalar

asosida istiqbollari haqida ma’lumot beradi. Asosiy manbalar sifatida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, milliy va xalqaro ilmiy

maqolalar, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNDP) va Jahon Iqtisodiy

Forumi (WEF) kabi tashkilotlarning hisobotlari o‘rganildi.Tadqiqotda

O‘zbekistonda "Raqamli O‘zbekiston – 2030" dasturi doirasida amalga

oshirilayotgan sun’iy intellektga oid islohotlar, shu jumladan, innovatsion startaplar

va investitsiya muhitining shakllanishi tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida sun’iy

intellekt texnologiyalarining joriy etilishi, uning samaradorligi va istiqbollari o‘zbek

olimlarining ilmiy ishlari asosida yoritilgan.Xalqaro tajribalar bo‘limida sun’iy

intellektning rivojlanishiga ta’sir etuvchi global tendensiyalar va O‘zbekistonning

bu boradagi o‘rniga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, internet manbalaridan

olingan ma’lumotlar asosida O‘zbekistondagi AI startaplarining rivojlanish

dinamikasi va kelajakdagi tendensiyalar tahlil qilingan.Tadqiqot sun’iy intellektning

O‘zbekiston iqtisodiyoti va innovatsion rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini

baholashga yordam beradi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora

tadbirlarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

PDF

References

1. "Raqamli O‘zbekiston – 2030" dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.M. Mirziyoyevning farmoni. 2020-yil 5-oktyabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi. "Sun’iy intellekt

texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha strategiya".

3. Rashidov, A. (2023). "O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish

strategiyalari". Innovatsion Texnologiyalar Jurnali, 5(3), 45-58.

4. Karimov, B. & Toshpulatova, N. (2022). "Sun’iy intellektning ta’lim

tizimidagi o‘rni va istiqbollari". O‘zbekiston Milliy Universiteti Ilmiy

Axborotnomasi, 10(2), 78-89.

5. World Economic Forum (2023). Artificial Intelligence in Emerging Markets:

Opportunities and Challenges. WEF Publications.

6. United Nations Development Programme (UNDP) (2022). AI for Sustainable

Development: Case Studies from Central Asia.

7. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. "Sun’iy intellekt

va raqamli transformatsiya" https://digital.gov.uz

8. IT Park Uzbekistan. "O‘zbekistonda sun’iy intellekt startaplari va

investitsiyalar" https://it-park.uz

9. Statista (2023). "Global AI Investment Trends and Uzbekistan’s Position in

the Market" https://www.statista.com