Abstract
Mazkur maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning taktil sezgirligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik va psixologik usullar yoritilgan. Ko‘rish qobiliyatidagi cheklovlar bolalarning atrof-muhitni idrok etish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shu bois ularda taktil sezgirlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Maqolada bunday bolalarda taktil qobiliyatlarni mustahkamlash uchun sensor treninglar, maxsus o‘yinlar, relyefli materiallardan foydalanish va boshqa usullar qo‘llanilishi ta’kidlangan. Shuningdek, taktil sezgirlikni rivojlantirish jarayonida individual yondashuvning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar va vositalar imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu yondashuvlar bolalarning hissiy rivojlanishi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari va ijtimoiy moslashuv darajasini oshirishga yordam beradi. Maqola maxsus ta’lim muassasalari va ota-onalar uchun foydali tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
References
1. Qodirova F.U, Xusnuddinova Z.X. (2023). Tiflopedagogika. 113-114-bet.
2. R.R.Shomaxmudova, A.Berdieva.(2008). Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limda o‘qitish uslublari. 146-147-bet.
3. R.R.Shomahmudova.(2011). Maxsus va inklyuziv ta’lim. Fan va ta’lim. 210-211-bet.