Abstract
Farmatsevtika sanoatida yumshoq dori shakllari – surtmalar, gellar, kremlar va pastalar terapevtik jihatdan muhim dori vositalari hisoblanadi. Bunday preparatlar mahalliy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, tizimli ta’sirni minimallashtirib, nojo‘ya reaksiyalarni kamaytirishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda yumshoq dori shakllarini takomillashtirishda innovatsion asoslar, xususan, kupir (liposomalar, nanoemulsiyalar va mikroemulsiyalar) katta ahamiyat kasb etmoqda. Kupir yuqori dispersiya darajasiga ega bo‘lib, dori vositalarining biologik to‘qimalarga o‘tish qobiliyatini oshiradi va dorining terapevtik samaradorligini kuchaytiradi. Shu sababli, kupir asosida yumshoq dori shakllarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Kupir asosida yumshoq dori shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha adabiyotlar tahlil qilinib, ularning texnologik afzalliklari, farmakokinetik xususiyatlari va klinik qo‘llanilishi bo‘yicha xulosalar beriladi.
References
1. Torchilin, V. P. (2005). Liposomes as pharmaceutical carriers. Nature Reviews Drug Discovery, 4(2), 145-160.
2. Cevc, G. (2004). Lipid vesicles and other colloids as drug carriers on the skin. Advanced Drug Delivery Reviews, 56(5), 675-711.
3. Sharma, A., & Sharma, U. S. (1997). Liposomes in drug delivery: progress and limitations. International Journal of Pharmaceutics, 154(2), 123-140.
4. Mehnert, W., & Mäder, K. (2001). Solid lipid nanoparticles: Production, characterization and applications. Advanced Drug Delivery Reviews, 47(2-3), 165-196.
5. Nasr, M., Mansour, S., Mortada, N. D., & Elshamy, A. A. (2008). Lipospheres as carriers for topical delivery of ketorolac: Preparation, characterization and in vivo evaluation. AAPS PharmSciTech, 9(1), 154-162.