Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat qurilishi jarayonlari va demokratik islohotlarning ahamiyati yoritiladi. Davlat boshqaruvidagi asosiy tamoyil sifatida “inson – jamiyat – davlat” yondashuvining Konstitutsiyaviy mustahkamlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatda oxirgi yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar, jumladan, kambagʻallikni qisqartirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash boʻyicha olib borilgan islohotlar haqida soʻz yuritiladi. Maqolada ijtimoiy adolat, inson huquqlari, iqtisodiy taraqqiyot va demokratik qadriyatlarning qaror topishi jarayonlari ham atroflicha koʻrib chiqiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023-yilgi tahrir) – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning nutqlari va chiqishlari. (2021-2023 yillar) – Prezident matbuot xizmati.
3. Harakatlar strategiyasi (2017-2021) va Taraqqiyot strategiyasi (2022-2026). O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy himoya to‘g‘risida”gi qonuni. – Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobotlari. – 2017-2023 yillar.