Abstract
Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan pedagogik maqsadlarda foydalanib, kreativ topshiriqlarni mustaqil loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Kreativ topshiriqning didaktik xususiyatlari, mazkur kompetensiyaning tarkibiy qismlari hamda uni takomillashtirishga xizmat qiluvchi metodik bosqichlar tahlil qilinadi. SI vositalari tayyor topshiriqni ko‘chirib olish manbai sifatida emas, balki g‘oya ishlab chiqish, topshiriq variantlarini yaratish, ularni mezonlar asosida tahlil qilish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi hamkor vosita sifatida talqin etiladi. Mualliflik yondashuvida pedagogik maqsadni aniqlash, SI bilan muloqot (prompt) tuzish, natijani tanqidiy tekshirish, topshiriqni moslashtirish va refleksiv baholash bosqichlari o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
References
Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent, 2015.
2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. – 160 b.
3. Sharipov Sh.S., Muslimov N.A. Texnik ijodkorlik va dizayn. – Toshkent: TDPU, 2007. – 206 b.
4. Holiqova M.K. Bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy-konstruktiv kompetensiyasini takomillashtirishda loyihaga asoslangan ta’limdan foydalanish texnologiyasi // Science and Education. – 2026. – 7(4). – B. 142–150.
5. Hayitov U.H. Bo‘lajak o‘qituvchilarning darsga faol ishtirokini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish metodikasi // Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali. – 2026. – 8(07). – B. 44–51. DOI: 10.70728/c.series.ped.v08.i07.007.