INGLIZ TILIDAGI KO‘P MA’NOLI FRAZALI FE’LLARNING O‘ZBEK TILIGA TARJIMASIDA KONTEKSTNING SEMANTIK VAZIFASI
PDF

Keywords

frazali fe’llar, ko‘p ma’nolilik, kontekstual ma’no, semantik muvofiqlik, chog‘ishtirma tahlil, tarjima ekvivalentligi, ingliz tili, o‘zbek tili, frazeologik birliklar, lingvomadaniy tafovutlar, tarjima strategiyalari, mazmuniy muqobillik.

Abstract

Tezisim  tadqiqotidaingliz tilidagi ko‘p ma’noli frazali fe’llarning o‘zbek tiliga tarjimasida kontekstual ma’no muvofiqligi masalalarini chog‘ishtirma-semantik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda frazali fe’llarning semantik xususiyatlari, ularning kontekstga bog‘liq holda turli ma’nolarni ifodalashi hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan ekvivalentlik muammolari yoritiladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi leksik, semantik va lingvomadaniy tafovutlarning tarjima jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Frazali fe’llarni tarjima qilishda ularning tarkibiy qismlarini so‘zma-so‘z o‘girish har doim ham asl ma’noni to‘liq ifodalay olmasligi asoslanadi. Shu sababli kontekstual tahlil, semantik muqobillik va funksional tarjima usullarining ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ingliz tilidagi ko‘p ma’noli frazali fe’llarning o‘zbek tilida mazmunan to‘g‘ri va tabiiy ifodalanish xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.

PDF

References

Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge.

2. Newmark, P. A Textbook of Translation. Prentice Hall.

3. Nida, E. A. Toward a Science of Translating. Brill.

4. Larson, M. L. Meaning-Based Translation: A Guide to Cross-Language Equivalence. University Press of America.

5. Moon, R. Fixed Expressions and Idioms in English: A Corpus-Based Approach. Clarendon Press.

6. Granger, S., Meunier, F. (eds.). Phraseology: An Interdisciplinary Perspective. John Benjamins.

7. Piirainen, E. Widespread Idioms in Europe and Beyond: Toward a Lexicon of Common Figurative Units. Peter Lang