Abstract
Polisemiya hodisasi qadim davrlardanoq olimlar diqqatini tortgan. Xususan, buyuk leksikograf Mamud Qoshg‘ariy ham "Devoni lug‘otit turk" asarida so‘z ma'nolariga oid qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Ushbu maqolada "Devoni lug‘otit turk" da keltirilgan, XI asrda ajdodlarimiz tomonidan turli ma'nolarni ifodalash uchun qo‘llanilgan ayrim polisemantik so‘zlar ma'nolari orasidagi bog'liqlik asosida tahlil qilindi. Ushbu so‘zlar tahlili o‘sha davrdagi so'zlarning ma'no qirralari haqida ma'lumot berishi bilan birga, o'sha davrda yashab ijod etgan ajdodlarimizning obyektiv borliqdagi narsalar, voqeliklar, belgilar, harakat va holatlarni bir-biri bilan aloqador holda qanday qiyoslab idrok qilganligini, ularni tilda qay darajada aks ettira olganliklarini ham ko‘rsatib beradi.
References
Hakimova, M. (2007) Semasiologiya. Toshkent
2. Mirtojiyev, M. (2010) O'zbek tili semasiologiyasi. Toshkent: Mumtoz so‘z
3. Nurmonov, A. Sobirov, A. Yusupova, Sh. (2013) Hozirgi oʼzbek adabiy tili. Toshkent: Ilm ziyo
4. Qoshg‘ariy, M. (2017) Devoni lug‘otit turk. Toshkent. G‘afur G‘ulom
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. (2006) Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti