MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI MOBIL UYLARNING ENERGETIK PARAMETRLARINI ASOSLASH

Abstract

Ushbu tadqiqotda muqobil energiya manbalari (fotoelektrik modullar, akkumulyator batareyasi va kichik shamol turbinasi) asosida ta’minlanadigan mobil uyning energetik parametrlari asoslandi. Hisobiy holat sifatida kunlik yuklama 5.95 kVt·soat qabul qilindi. Xujayra harorati, haroratdan quvvat yo‘qotilishi va tizim FIK ining matematik modellari asosida energiya ta’minoti tizimining asosiy elementlari aniqlandi: 1.8 kWp quvvatli FEM massivi (4 × 450 Vt N-tipli modul), 51.2 V / 160 Ah li LiFePO4 akkumulyator batareyasi (8.19 kVt·soat), 3 kVt li invertor va 50 A li MPPT kontroller. Xujayraning o‘rtacha harorati 48.8 °C bo‘lganda tizimning hisobiy FIK 0.789 ni tashkil etdi. Mavsumiy energiya balansi FEM massivi bahorda kunlik ehtiyojning 107 %, yozda 155 % ini qoplashini, qishda esa atigi 60 % ini qoplashini ko‘rsatdi, bu esa taxminan 0.7 kVt li qo‘shimcha shamol manbaiga ega gibrid tizimni qo‘llashni asoslaydi. Taklif etilgan modellar to‘plami turli yuklama va hududlar uchun mobil uylarning energetik parametrlarini sonli asoslash imkonini beradi.

 

PDF

References

1. Duffie J.A., Beckman W.A. Solar Engineering of Thermal Processes. – 4th ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2013.

2. Masters G.M. Renewable and Efficient Electric Power Systems. – 2nd ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2013.

3. Luque A., Hegedus S. (eds.) Handbook of Photovoltaic Science and Engineering. – 2nd ed. – Chichester: John Wiley & Sons, 2011.

4. Kalogirou S.A. Solar Energy Engineering: Processes and Systems. – 2nd ed. – Academic Press, 2014.

5. Manwell J.F., McGowan J.G., Rogers A.L. Wind Energy Explained: Theory, Design and Application. – 2nd ed. – Chichester: John Wiley & Sons, 2009.

6. IEC 61215-1:2021. Terrestrial photovoltaic (PV) modules – Design qualification and type approval – Part 1: Test requirements.

7. IEC 60364-7-712:2017. Low-voltage electrical installations – Part 7-712: Requirements for special installations or locations – Solar photovoltaic (PV) power supply systems.