Abstract
Kino san’ati o‘z tabiatiga ko‘ra bir necha san’at turlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida yuzaga keladigan murakkab ijodiy hodisadir. Filmning badiiy qiymati nafaqat uning yakuniy natijasi, balki yaratilish jarayonining har bir bosqichida qabul qilinadigan ijodiy qarorlarning o‘zaro mutanosibligiga ham bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, zamonaviy milliy o‘zbek filmlarida badiiy yaxlitlik masalasini o‘rganish kino ijodining dastlabki bosqichi — ssenariy yaratish jarayonidan boshlanishi lozim.