Abstract
Maqolada zamonaviy o‘zbek rangtasvirida milliy identiklikning vizual ifodalanish usullari tahlil qilinadi. XX asr boshidan hozirgi davrgacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari qiyosiy-tarixiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, mustaqillik davrida milliy o‘zlikni ifodalashning asosiy yo‘nalishlari — an’anaviy bezak va miniatyura merosiga murojaat, tarixiy xotira va madaniy ramzlar, maishiy hamda landshaft janrlarida milliy muhitning talqini va zamonaviy tajribalar — aniqlanadi. Tadqiqot milliy identiklik tayyor, o‘zgarmas hodisa emas, balki doimiy qayta talqin qilinadigan madaniy konstruksiya ekanini ko‘rsatadi.
References
1. Anderson B. Imagined Communities: Reflections on the Origin and Spread of Nationalism. London: Verso, 1983.
2. Bhabha H. K. The Location of Culture. London: Routledge, 1994.
3. Hall S. Cultural Identity and Diaspora // Identity: Community, Culture, Difference / ed. J. Rutherford. London: Lawrence & Wishart, 1990.
4. Hobsbawm E., Ranger T. (eds.). The Invention of Tradition. Cambridge: Cambridge University Press, 1983.
5. Smith A. D. National Identity. London: Penguin Books, 1991.