NO‘XATNI XALIMA NAVI ILDIZIDA TUGANAK BAKTERIYALARNING O‘ZGARISHI
PDF

Keywords

no‘xat, dukkakli-don ekinlari, tuganak bakteriyalar, rizosfera, simbioz, biologik azot fiksatsiyasi, azot almashinuvi, nitratlar, tuproq mikroflorasi, tuproq unumdorligi, suv-fizik xossalar, tuganaklar soni, tuganaklar massasi, mahsuldorlik koeffitsiyenti, vegetatsiya fazalari.

Abstract

Dukkakli-don ekinlari, jumladan, no‘xat ildiz tizimida shakllanadigan tuganak bakteriyalar o‘simlik va mikroorganizm o‘rtasidagi simbiotik munosabatlarni ta’minlab, atmosferadagi molekulyar azotni biologik o‘zlashtirish va tuproqda azot zaxirasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuganak bakteriyalar faoliyati natijasida tuproqdagi biologik jarayonlar jadallashib, organik moddalar to‘planishi, tuproqning suv-fizik xossalari, mikrobiologik faolligi va umumiy unumdorligi yaxshilanadi. Shuningdek, simbiotik azot fiksatsiyasi o‘simliklarning mineral oziqlanishini optimallashtirib, o‘sish va rivojlanish jarayonlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlarining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tadqiqotda no‘xatning “Xalima” navi ildiz tizimida hosil bo‘ladigan tuganaklarning shakllanish xususiyatlari, ularning soni va massasi, shuningdek, o‘simlik rivojlanishining turli fazalarida tuganak hosil bo‘lish dinamikasini o‘rganish maqsad qilib olindi. Tadqiqot natijalari no‘xat navining tuganak bakteriyalari bilan simbiotik munosabati, biologik azot to‘plash salohiyati va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini baholash imkonini beradi.

PDF

References

1. Hamdamov I.H., Shukurullayev P.SH., Mustanov S.B. No‘xatni sug‘orish. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, 1991. – № 6. – 37–38 b.

2. Mustanov S., Jumayev M. No‘xat navlarida biometrik o‘lcham natijalari va hosil elementlarining shakllanishi. // AGRO ILM, 2019. – № 1(57). – 22 b.

3. Bobokulov Z.R., Bobomurodov Z.S. Productivity Of Chikpea Varieties And The Effect Of Different Planting Times And Depths On Grain Quality Indicators. // NVEO-natural volatiles & essential oils journal, ISSUE 3. – 2022. – Pp. 30–36.

4. Bahromov I., Qurbonov G‘. No‘xat va mosh hosildorligini oshirishda rizotorfin preparati. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, 1995. – № 5. – 25-b.

5. Oripov R.O., Kenjayev Y. Sideratlar: Tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligi. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. – Toshkent, 2008. – № 1. – 22 b.

6. Gianfranco G., Piero M., Luigi A., Garmen G. Integrated waste management in a zone of northern Italy: compost production and use, and analytical control of compost soil, and crop. // Bioresource Technology, 2006. – Vol. 41, № 76. – P. 1203–1219.