O‘ZBEKISTONDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI TA’MINLASHNING DAVLAT SIYOSATI: MAVJUD MUAMMOLAR VA HUQUQIY TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
PDF

Keywords

Energiya samaradorligi, davlat siyosati, energetika, energiya tejash, energiya auditi, davlat nazorati, normativ-huquqiy tartibga solish, yashil iqtisodiyot.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda energiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda uning normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, energiya auditini tashkil etish, davlat nazorati va monitoringi hamda energiya samaradorligi loyihalarini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 2024-yilda qabul qilingan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonuni hamda 2025–2026-yillarda qabul qilingan Prezident farmonlari asosida sohadagi institutsional o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida energiya samaradorligi siyosatini takomillashtirishning ayrim huquqiy va tashkiliy yo‘nalishlari taklif etiladi.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida: O‘RQ-940-son, 07.08.2024. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida: PF-77-son, 24.05.2023. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida: PF-63-son, 27.03.2025. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida: 121-son, 26.02.2025. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartiblarini belgilash to‘g‘risida: 690-son, 19.10.2024. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida: PF-37-son, 21.02.2024. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida: PF-16-son, 30.01.2025. – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, LexUZ.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. – Toshkent, 2025–2026.