Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston temir yo‘l AJ sharoitida yuk vagonlari aravachasi prujinalari konstruktsiyasini takomillashtirishning iqtisodiy samaradorligi masalasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi prujinaning konstruktiv va material parametrlarini maqbullashtirish orqali uning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish hamda texnik xizmat ko‘rsatish va almashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
Tadqiqot jarayonida yuk vagonlari aravachalarida qo‘llaniladigan prujinalarning mavjud konstruktsiyasi, ishlash sharoiti va asosiy texnik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Prujina konstruktsiyasini takomillashtirish maqsadida uch xil geometrik model ishlab chiqildi va har bir model uchun 22CrMoS3-5, 16NiCr4 hamda C10 markali materiallar ko‘rib chiqildi. Jami to‘qqizta konstruktiv-material kombinatsiyasi asosida modellashtirish va tahlil ishlari amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari yuk vagonlari aravachasi prujinalarining konstruksiyasini takomillashtirish orqali texnik samaradorlik bilan bir qatorda iqtisodiy samaradorlikka erishish, foydalanish xarajatlarini kamaytirish va temir yo‘l transporti harakat tarkibining ishonchliligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
References
1. Sattarkulov L.A., To‘xtamurodov A.Sh., Yunusov S.Z., Marka 293 Prujinasining fizik-mexanik xossalarini modellashtirish orqali rejalashtirish, “Learning and teaching” jurnali, https://doi.org/10.5281/zenodo.15509649 33-50-betlar, 2025-yil.
2. To‘xtamurodov A.Sh., Yunusov S.Z., Yo‘ldashova A.M., Marka 293 prujinasining ko‘p omilli modellashtirilishi va optimallashtirilishi asosida iqtisodiy tahlili, “Iternational sciences, education and new learning technologies” jurnali, https://doi.org/10.5281/zenodo.18646276 40-45-betlar, 2026-yil.
3. Sattarkulov L.A., Mamayev Sh.I., G‘afforov Y., O‘zbekiston temir yo‘l sanoatida harakatlanadigan teplovoz avtostepkalari ta’miri tahlili, ularni tanlash va iqtisodiy ustuvorligi, “Golden brain” jurnali, 17-24-betlar, 2025-yil, https://doi.org/10.5281/zenodo.14827302.
4. Sattarkulov L., Valiyeva D., Mamayev Sh., Tursunov N., Tursunov Sh., Yuk vagonlarini nadressor balkasini mustahkamligini hisoblash metodikasi, “Journal of transport” jurnali, 241-245-betlar, 2025-yil, https://drive.google.com/ file/d/1I4756iQkgkaOWSPv39yGpAXGG MkV_2T4/view?usp=drive_link.
5. Sattarkulov L., Valiyeva D., Xo‘jaxedova X., Nurmetova X., Lokomotivlarning tortuv uzatmasi g‘ildirak motor blogining umumiy birligini aniqlash, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”, № DGU 53066, DT 202506494, 2025-yil.