Abstract
Zamonaviy oilada nikoh munosabatlarining o‘zgarish xususiyatlari hamda ushbu jarayonga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik omillar tezisimda tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy oilaviy modeldan shaxsiy tanlov, o‘zaro tenglik va individual manfaatlarga asoslangan zamonaviy munosabatlar tizimiga o‘tish jarayonining asosiy jihatlari yoritiladi. Nikohda gender rollarining qayta shakllanishi, er-xotin o‘rtasidagi mas’uliyat va qarorlar taqsimotining o‘zgarishi, shaxsiy erkinlik va iqtisodiy mustaqillikning kuchayishi kabi tendensiyalarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, globallashuv, urbanizatsiya, migratsiya va raqamli texnologiyalarning nikoh munosabatlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari zamonaviy nikoh munosabatlarida erkinlik va individual tanlovning kengayishi bilan bir qatorda, oilaviy barqarorlik, avlodlararo munosabatlar va o‘zaro mas’uliyatni saqlash masalalari ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Maqolada an’anaviy va zamonaviy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish zamonaviy oilaning barqaror rivojlanishining muhim sharti sifatida asoslanadi.
References
1. Durkheim, É. The Division of Labor in Society. - New York: Free Press, 1984.
2. Parsons, T., Bales, R. F. Family, Socialization and Interaction Process. - Glencoe: The Free Press, 1955.
3. Giddens, A. The Transformation of Intimacy: Sexuality, Love and Eroticism in Modern Societies. - Stanford: Stanford University Press, 1992.
4. Beck, U., Beck-Gernsheim, E. Individualization: Institutionalized Individualism and Its Social and Political Conseqences. - London: SAGE Publications, 2002.
5. Beck, U., Beck-Gernsheim, E. The Normal Chaos of Love. - Cambridge: Polity Press, 1995.
6. Антонов, А. И. Микросоциология семьи: методология исследования структур и процессов. - Москва: Издательский дом «Nota Bene», 1998.
7. Голофаст, В. Б. Социология семьи. - Санкт-Петербург: Алетейя, 2006.