Abstract
Mazkur tezis ingliz paremiyalarida aks etgan milliy-madaniy lakunalarning o‘zbek tilida ifodalanish xususiyatlarini insoniy munosabatlarga oid maqollar misolida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi paremiologik birliklarning xalqning hayotiy tajribasi, axloqiy qarashlari, milliy-madaniy qadriyatlari va ijtimoiy munosabatlarini aks ettirishi bilan belgilanadi. Ishda qiyosiy-chog‘ishtirma, semantik, lingvokulturologik va kontekstual tahlil usullaridan foydalaniladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi do‘stlik, oila, mehr-oqibat, ishonch va insoniy munosabatlarga oid maqollar misolida umumiy mazmun, obrazlar tizimi hamda milliy-madaniy xususiyatlarning o‘zaro munosabati yoritiladi. Shuningdek, madaniy lakunalarni tarjimada ifodalashda funksional muqobillik, semantik izohlash va madaniy moslashtirishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tahlil paremiyalar tarjimasida so‘zma-so‘z muvofiqlik bilan bir qatorda ularning kommunikativ vazifasi va madaniy mazmunini ham hisobga olish zarurligini asoslashga qaratilgan.
References
Mieder, W. Proverbs: A Handbook. Westport, CT: Greenwood Press, 2004.
2. Nida, E. A. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures Involved in Bible Translating. Leiden: E. J. Brill, 1964.
3. Newmark, P. A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall, 1988.
4. Vinay, J.-P., Darbelnet, J. Comparative Stylistics of French and English: A Methodology for Translation. Translated and edited by J. C. Sager and M.-J. Hamel. Amsterdam: John Benjamins, 1995.