IZEN (KOCHIA PROSTRATA (L.) SCHRAD.) O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA O’RGANILGANLIK DARAJASI
PDF

Keywords

izen, Kochia prostrata, Bassia prostrata, bioekologiya, kserofit, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, ekologik moslanish, fiziologik xususiyatlar, yem-xashak o‘simligi, yaylov degradatsiyasi.

Abstract

Ushbu tezisda qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashgan istiqbolli o‘simlik turlaridan biri — izen (Kochia prostrata (L.) Schrad.; ayrim zamonaviy taksonomik manbalarda Bassia prostrata (L.) A.J.Scott sifatida ham keltiriladi)ning bioekologik xususiyatlari va o‘rganilganlik darajasi tahlil qilindi. Ilmiy adabiyotlar asosida turning morfologik va biologik xususiyatlari, ildiz tizimining rivojlanishi, qurg‘oqchilik va sho‘rlanish kabi stress omillariga moslanishi, fiziologik-biokimyoviy javob reaksiyalari, yem-xashaklik qiymati hamda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklashdagi ahamiyati umumlashtirildi. Adabiyotlar tahlili izenning qurg‘oqchil ekotizimlarda yuqori ekologik moslashuvchanlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, turning turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘sishi va rivojlanishi, mahalliy sharoitlarda biologik xususiyatlarining namoyon bo‘lishi hamda yetishtirish agrotexnologiyasini hududiy sharoitga moslashtirish masalalarini yanada chuqur o‘rganish zarurligi aniqlandi.

PDF

References

Waldron B.L., Eun J.-S., ZoBell D.R., Olson K.C. Forage kochia (Kochia prostrata) for fall and winter grazing // Small Ruminant Research. – 2010. – Vol. 91, No. 1. – P. 47–55. – DOI: 10.1016/j.smallrumres.2010.01.011.

2.Wang X., Wu J., Yang Z., Zhang F., Sun H., Qiu X., Yi F., Yang D., Shi F. Physiological responses and transcriptome analysis of the Kochia prostrata (L.) Schrad. to seedling drought stress // AIMS Genetics. – 2019. – Vol. 6, No. 2. – P. 17–35. – DOI: 10.3934/genet.2019.2.17.

3.Heidari F., Dianati Tilaki G.A., Kooch Y. Effects of drought stress on morphological and physiological traits of Kochia prostrata (L.) // International Journal of Natural Sciences Research. – 2022. – Vol. 10, No. 2. – P. 102–115. – DOI: 10.18488/63.v10i2.3189.

4.Waldron B.L., Greenhalgh L.K., ZoBell D.R., Olson K.C., Davenport B.W., Palmer M.D. Forage kochia (Kochia prostrata) increases nutritional value, carrying capacity, and livestock performance on semiarid rangelands // Forage and Grazinglands. – 2011. – Vol. 9, No. 1. – DOI: 10.1094/FG-2011-0301-01-RS.

5.Toderich K.N., Bobukolov N.A., Shuyskaya E.V., Rabbimov A.R., Popova V.V., Mukimov T.Kh., Khakimov U.N. Kochia prostrata (L.) Schrad.: a valuable fodder crop for improvement of rangeland productivity in arid and semi-arid zones of Central Asia. – Tashkent: Fan va Texnologiya, 2015. – 146 p. – ISBN 978-9943-975-41-5.

6.Bailey D.W., Al Tabini R., Waldron B.L. et al. Potential of Kochia prostrata and perennial grasses for rangeland restoration in Jordan // Rangeland Ecology & Management. – 2010. – Vol. 63, No. 6. – P. 707–711. – DOI: 10.2111/REM-D-09-00195.1.