Abstract
So‘nggi yillarda ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda ta’lim oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlash muhim pedagogik vazifalardan biriga aylanmoqda. Mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Unda pedagogik texnologiyaning tizimli xususiyati, ta’lim maqsadlarini aniq belgilash, o‘quv materiallarini mazmunan va mantiqan tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish hamda o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi samarali qayta aloqani yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ta’lim oluvchilarni o‘quv faoliyatiga faol jalb etish, ularning mustaqil fikrlashi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish innovatsion texnologiyalarning muhim natijalaridan biri sifatida yoritiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni.
2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat: O‘quv qo‘llanma. - Toshkent: TDPU, 2003. - 174 b.
3. Ishmuxamedov R.J., Rayimov Sh.K. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. Uslubiy qo‘llanma. - Toshkent: TOUQBYu, 2013. - 54 b.
4. Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar: ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar, o‘qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017. – 372 b.
5. Rayimov Sh.K. Innovatsion pedagogik texnologiyalar va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. - 2025. - Vol. 5, Issue 6. - B. 409-414. - E-ISSN: 2181-1784.