ZAMONAVIY OILADA MILLIY QADRIYATLAR VA ZAMONAVIY QARASHLAR UYG'UNLIGI
PDF

Keywords

zamonaviy oila, milliy qadriyatlar, zamonaviy qarashlar, oilaviy tarbiya, oila tizimi, oilaviy munosabatlar, moslashuvchanlik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik, mustaqil fikrlash.

Abstract

Muallifning asosiy yondashuvi - zamonaviy oilada milliy qadriyatlar va zamonaviy qarashlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi masalasi maqolamizda tahlil qilinadi. Oila shaxsning ma’naviy-axloqiy qarashlari, xulq-atvori va ijtimoiy munosabatlari shakllanadigan birlamchi muhit sifatida yoritiladi. Tadqiqotimda oilaning tizim sifatidagi xususiyatlari, undagi o‘zaro hurmat, hissiy yaqinlik, muloqot, oilaviy mas’uliyat va moslashuvchanlik kabi omillarning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, an’analar, kattalarga hurmat, oila birligi kabi qadriyatlarni saqlash bilan bir qatorda, zamonaviy ta’lim, mustaqil fikrlash, teng huquqlilik, ayollarning ijtimoiy faolligi va yangi bilim hamda texnologiyalarga ochiqlikni rivojlantirish zarurligi asoslanadi. Oilaviy muhitda milliy va zamonaviy qadriyatlarning muvozanatli uyg‘unligi oila barqarorligini mustahkamlash, farzandlarning barkamol rivojlanishi va jamiyatda ijtimoiy mas’uliyatli shaxslarni tarbiyalashning muhim sharti sifatida baholanadi. Maqolamizda oilaning o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashishi va ayni vaqtda milliy o‘zlikni saqlab qolishi zamonaviy oilaning muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlanadi.

PDF

References

1. Djumaboyeva N.Y. Xotin-qizlar ma’naviy-ma’rifiy faolligini takomillashtirishda oilaning roli // “The Role of Women in the Development of Science and the Spiritual and Educational Sphere: Problems and Solutions” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. - 2025. - 28-fevral. - B. 527- 531. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.14979781.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi davlat siyosatini takomillashtirishga oid Farmoni. - Toshkent, 2021.

3. Xotin-qizlar ta’limi: global muammo va mamlakatlar tajribasi. - Toshkent, 2018.

4. Sharipov D. Oila va jamiyat: ijtimoiy munosabatlar va axloqiy qadriyatlar. - 2015.

5. Karimov I.A. Oila tarbiyasi va uning ahamiyati. - 2014.

6. Yunusova N. Xotin-qizlar va jamiyat: ma’naviy va ma’rifiy faollikni oshirishda oila roli. - 2017.

7. Maktabgacha va maktab ta’limi / School Education / Школьное образование. - 2025. - №1. - B. 607- 608 va keyingi sahifalar.

8. Jo‘rayeva M. Zamonaviy o‘zbek oilalarida oilani tashkil etishning xususiyatlari. - Toshkent.

9. Olson D. Circumplex Model of Marital and Family Systems: oilaviy tizimda moslashuvchanlik va jipslik modeli.

10. Aleshina Yu.A. Nikohdan qoniqishni o‘rganish metodikasi.

11. Oilada er-xotin o‘rtasidagi muloqot xususiyatlarini o‘rganish metodikasi // Zamonaviy o‘zbek oilalarini tizimli yondashuv asosida o‘rganish materiallari.