Abstract
So‘nggi yillarda “Kelajak” markazlarida qo‘shimcha ta’limni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari oshib bormoqda. Tadqiqotimizda maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangilash jarayonida “Kelajak” markazlarining o‘rni, faoliyat yo‘nalishlari va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, markazlarda ilm-fan, xorijiy tillar, kitobxonlik, madaniyat va san’at, kasb-hunar, axborot texnologiyalari, sport hamda boshqa yo‘nalishlarda to‘garaklarni tashkil etishning pedagogik ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Yurtimizda malakali mutaxassislar va nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb etish, to‘garaklarni zamonaviy yagona dasturlar asosida takomillashtirish, chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish qo‘shimcha ta’lim sifatini oshiruvchi muhim omillar sifatida baholanadi. Maqolamizda “Kelajak” markazlarini moddiy va metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, pedagoglarni rag‘batlantirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va o‘quvchilarning individual qiziqishlariga mos ta’lim xizmatlarini shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotimiz natijalari shundan iboratki, “Kelajak” markazlari faoliyatini samarali tashkil etish orqali yoshlarning intellektual, ijodiy, kasbiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirish uchun keng pedagogik imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–277-son qaror. 2025-yil 8-sentyabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Kelajak” markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 776-son qaror. 2025-yil 10-dekabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. “Kelajak” markazlarini qo‘llab-quvvatlash va maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirishga oid materiallar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent, 2023.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Ta’lim to‘g‘risida”. O‘RQ–637-son. 2020-yil 23-sentyabr.
6. UNESCO. Reimagining Our Futures Together: A New Social Contract for Education. Paris: UNESCO, 2021.
7. UNICEF. The State of the World’s Children 2021: On My Mind – Promoting, Protecting and Caring for Children’s Mental Health. New York: UNICEF, 2021.
8. OECD. Education at a Glance 2024: OECD Indicators. Paris: OECD Publishing, 2024.
9. World Bank. Realizing the Future of Learning: From Learning Poverty to Learning for Everyone, Everywhere. Washington, DC: World Bank, 2020.
10. Anhor.uz. “Kelajak” markazlari faoliyatiga oid axborot materiallari.