Abstract
Mazkur maqolada o‘rta asrlar musiqa estetikasi kontekstida XIV asr oxiri – XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan buyuk musiqashunos olim, bastakor va ijrochi Abdulqodir Marog‘iyning ilmiy-nazariy merosi hamda uning Markaziy Osiyo musiqiy tafakkuri rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tarixiy anaxronizmlardan qochgan holda, olimning faoliyati Movarounnahr va Xuroson yaxlit musiqiy makonining umumiy poydevori sifatida ko‘rib chiqilgan. Marog‘iyning “Jome‘ ul-alhon” va “Maqosid ul-alhon” risolalaridagi maqom, ovoza, sho‘ba va usul tizimlariga oid konseptual qarashlari kompleks o‘rganilgan. Ilk bor Marog‘iy estetikasi prizmasi orqali musiqadagi matematik-akustik tartib va ijrochining ma’naviy-axloqiy kamoloti o‘rtasidagi uyg‘unlik, musiqachining professional odob-axloq kategoriyasi doirasida ochib berilgan.
References
1. Ражабов И. Мақомлар масаласига доир. – Тошкент: Ўзбекистон давлат бадиий нашриёти, 1963. – 288 б.
2. Матёқубов О. Мақомот. – Тошкент: Мусиқа, 2004. – 400 б.
3. Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома / Сўз боши, табдил va кўрсаткичлар муаллифлари: А.Аҳмад, Ҳ.Бобобеков. – Тошкент: Шарқ, 1997. – 384 б.
4. Исмоилов М. Ўзбек халқ мусиқаси ижодиёти. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – 192 б.
5. Ибн Арабшоҳ. Ажоиб ал-мақдур фи навоиби Теймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари). Икки китоблик. – Тошкент: Фан, 1992. – 320 б.