Abstract
ushbu maqolada o‘zbek va rus adabiyotida Alisher Navoiy siymosining murg‘aklik, maktab yillari va yoshlik davri badiiy biografiyasini yaratish tamoyillari qiyosiy aspektda tadqiq etilgan. Tadqiqot manbasi sifatida Oybekning “Navoiy” romani va Lidiya Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi olingan. Maqolada bo‘lajak mutafakkir xarakteri va dunyoqarashining shakllanishida oilaviy muhit, tabaqaviy ziddiyatlar, ilk quvg‘inlik azoblari hamda Fariduddin Attorning “Mantiqut-tayr” asarining g‘oyaviy-psixologik o‘rni qiyosiy o‘rganilgan. Yozuvchilarning biografik xronologizm va epik ko‘lamdorlik xususiyatlaridan foydalanish mahorati yoritib berilgan.
References
1. Oybek. Navoiy: Roman. – Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004. – 496 b.
2. Bat L. Hayot bo‘stoni: Qissa / Rus tilidan f.f.n. T. Jalolov tarjimasi. – Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti, 1968. – 232 b.
3. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Akademnashr, 2007. – 224 b.
4. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Sharq, 2004. – 272 b.