Abstract
Mazkur tezisda rus adabiyotida muhim estetik tip sifatida shakllangan “kichik odam” obrazining zamonaviy transformatsiyasi Viktor Pelevinning “Generation П” romani misolida tadqiq etiladi. Asarda Vavilen Tatarskiy obrazining an’anaviy “kichik odam” modelidan farqli jihatlari, uning ijtimoiy jihatdan cheklangan shaxsdan mavjud tizimning faol ishtirokchisiga aylanish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, qahramon obrazining virtual reallik, simulyakr, ommaviy madaniyat va ma’naviy qadriyatlar bilan bog‘liq semantik xususiyatlari ochib beriladi. Vavilen Tatarskiyning Chichikov, Ostap Bender va Neo kabi obrazlar bilan qiyosiy jihatlari ko‘rsatilib, uning xarakteridagi ambivalentlik va axloqiy ziddiyatlar yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy adabiyotda “kichik odam” konsepsiyasi passiv va himoyasiz shaxs obrazidan murakkab, faol hamda tizimga moslashuvchi subyekt obraziga transformatsiyalanganini ko‘rsatadi.
References
1. Gogol N. V. Shinel. – Moskva: Художественная литература, 1984.
2. Pomerants G. S. Otёl bezumniy? – Moskva: Российский государственный гуманитарный университет, 1997.
3. Pelevin V. Generation “П”. – Moskva: Эксмо, 1999.
4. Wachowski L., Wachowski L. The Matrix. – Warner Bros., 1999.
5. Baudrillard J. Simulacra and Simulation. – Ann Arbor: University of Michigan Press, 1994.
6. Aristophanes. Clouds. – Cambridge: Harvard University Press, 1998.
7. Gogol N. V. Mertvye dushi. – Moskva: Художественная литература, 1985.
8. Ilf I., Petrov E. Dvenadtsat stulev. – Moskva: Художественная литература, 1986.