Abstract
Mazkur maqolada navoiyshunoslikda matnshunoslik va manbashunoslik masalalari Botirxon Valixo‘jayevning ilmiy merosi asosida keng ravishda ommaga tahlil qilinadi. Tadqiqotda Alisher Navoiy asarlarini ilmiy o‘rganishda qo‘lyozma manbalarni izlash, yig‘ish, tartibga solish, tavsiflash va ulardan ilmiy foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, matnshunoslikning adabiy, tarixiy va ilmiy asarlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish hamda nashrga tayyorlashdagi vazifalari ochib beriladi. Botirxon Valixo‘jayevning navoiyshunoslikka oid tadqiqotlarida manba va matn munosabatiga, qo‘lyozma nusxalarni qiyosiy o‘rganishga, tarixiy-adabiy dalillarning ishonchliligini aniqlashga alohida e’tibor qaratilgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot davomida manbashunoslik va matnshunoslikning paleografiya, arxeografiya, bibliografiya, germenevtika va boshqa yondosh fanlar bilan aloqasi hamda ularning Navoiy merosini ilmiy tadqiq etishdagi o‘rni yoritiladi.
References
1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. – Toshkent: Fan, 1987–2003.
2. Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: Fan, 1960.
3. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. – Toshkent: Fan, 1961.
4. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. – Toshkent: Fan, 1968.
5. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.
6. Valixo‘jayev B. Mumtoz siymolar. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
7. Valixo‘jayev B. Alisher Navoiy va uning adabiy merosi. – Toshkent: Fan, 1991.
8. Valixo‘jayev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1993.
9. Abduqodirov A. O‘zbek matnshunosligi asoslari. – Toshkent: Fan, 2005.
10. Hasanov M. Manbashunoslik. – Toshkent: Universitet, 2019.
11. Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. – Toshkent: Fan, 2008.
12. Lixachev D.S. Tekstologiya: qisqacha ocherk. – Moskva: Nauka, 1964.