JINOYAT PROTSESSIDA RAQAMLI DALILLARNI TO‘PLASH VA MUSTAHKAMLASHNING PROTSESSUAL-HUQUQIY KAFOLATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
PDF

Keywords

jinoyat protsessi, raqamli dalil, elektron ma’lumot, dalillarni to‘plash, dalillarni mustahkamlash, chain of custody, xesh qiymati, raqamli kriminalistika, mutaxassis, protsessual kafolat.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessida raqamli dalillarni to‘plash va mustahkamlashning zamonaviy protsessual-huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-son Qonun bilan raqamli dalillar institutining Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlanishi ushbu sohada yangi bosqichni boshlab berdi. Shu bilan birga, elektron ma’lumotlarning tez o‘zgaruvchanligi, nusxa olish jarayonida yaxlitlikni saqlash, dastlabki manbani identifikatsiya qilish, protsessual harakatlarda mutaxassis ishtiroki hamda raqamli dalilning harakatlanish tarixini qayd etish bilan bog‘liq masalalar qo‘shimcha huquqiy tartibga solishni talab qiladi. Maqolada “chain of custody”, kriptografik xesh qiymati va standartlashtirilgan raqamli kriminalistika protokollaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-son Qonuni — raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar.

2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi, raqamli dalillarga oid normalar, jumladan 204-2-modda.

3. Guttman B., White D.R., Williams S., Walraven T. Digital Evidence Preservation: Considerations for Evidence Handlers. NISTIR 8387, 2022.

4. Regulation (EU) 2023/1543 on European Production Orders and European Preservation Orders for electronic evidence in criminal proceedings.

5. Riley v. California, 573 U.S. 373 (2014), Supreme Court of the United States.