Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qish kitobida berilgan adiblar haqidagi ma’lumotlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. O‘qish darslarini fanlararo integratsiya tamoyillari asosida tashkil etishning o‘quvchilarda o‘qish savodxonligi, adabiy tafakkur, mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, adiblar hayoti va ijodini o‘rganishda o‘qish fanini ona tili, tarix, tarbiya, tasviriy san’at, musiqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan darslarda “Aqliy hujum”, “Klaster”, “INSERT”, “BBB”, “Venn diagrammasi”, “Konseptual xarita” hamda loyiha metodi kabi interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Mavzu bo‘yicha mahalliy pedagog olimlarning ilmiy ishlari va amaldagi Milliy o‘quv dasturi tahlil qilinib, o‘qish kitoblarida berilgan adiblar haqidagi ma’lumotlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda milliy adabiy merosga hurmat ruhini kuchaytirishda fanlararo integratsiyaning muhim pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi. – Toshkent, 2021.
2. Mavlonova R., Rahmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. – Toshkent: Ilm-Ziyo, 2009. – 192 b.
3. Mavlonova R., To‘rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2013. – 384 b.
4. Mavlonova R. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017. – 160 b.
5. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2022. – 352 b.
6. Safarova R., Inoyatova M., Shokirova N. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2021. – 256 b.