AVTOMOBIL TO‘XTASH JOYLARINI JOYLASHTIRISH BURCHAKLARINING GEOMETRIK SAMARADORLIGI VA EKSPLUATATSION VAQTGA TA’SIRINI EKSPERIMENTAL BAHOLASH
PDF

Keywords

avtomobil to‘xtash joylari; joylashtirish burchagi; geometrik yo‘qotish; hududdan foydalanish samaradorligi koeffitsienti (Kₛₐₘ); funksional-geometrik zaxira; manevr yo‘lagi; eksponensial model; transport oqimi; Toshkent shahri.

Abstract

Maqolada Toshkent shahri Yunusobod tumani Qiyot mavzesi va uni o‘rab turgan to‘rt asosiy ko‘cha (Amir Temur, Abdulla Qodiriy, Sharof Rashidov, Hurshid) misolida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar asosida avtomobillarni turli burchaklar (0°–90°) ostida joylashtirishning geometrik samaradorligi va ekspluatatsion vaqtga ta’siri tahlil qilingan. Muallif tomonidan hududdan foydalanish samaradorligi koeffitsienti (Kₛₐₘ) ishlab chiqilgan bo‘lib, hisoblashlar natijasida 60° burchak geometrik yo‘qotish (1,80 m²) va Kₛₐₘ (0,78) ko‘rsatkichlari o‘rtasida eng maqbul muvozanatni ta’minlashi aniqlandi. Tadqiqot natijasida 30°–75° burchaklarda hosil bo‘ladigan uchburchaksimon maydonlarning 40–45% qismi avtomobilning burilish trayektoriyasi tomonidan dinamik egallanishi aniqlanib, ular mutlaq yo‘qotish emas, balki “funksional-geometrik zaxira” sifatida ilmiy asoslandi. Xronometraj tahlili asosida manevr yo‘lagi torayishining avtomobil joylashtirish vaqtiga ta’siri TΔx = T0×ekΔx eksponensial modeli orqali ifodalandi: 90° burchakda yo‘lakning atigi 30 sm ga torayishi joylashtirish vaqtini 30 soniyadan 56 soniyagacha, ya’ni 86,7% ga oshirishi tasdiqlandi. Olingan natijalar asosida ko‘cha kengligiga mos joylashtirish burchaklarini tanlash bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

PDF

References

Axmedov Sh.A., Oltiyev O‘.A., Jo‘rayev S.R. Tashkent City in Residential Areas Car Storage Places Analysis // Spanish Journal of Innovation and Integrity. – 2024. – Vol. 37. – P. 63–66. ISSN: 2792-8268.

2. Axmedov Sh.A., Oltiyev O‘.A., Jo‘rayev S.R. Toshkent shahar turar-joy massivlarida avtomobil saqlash joylarini tahlili (Chilonzor tumani 13-massiv misolida) // Zamonaviy taraqqiyotda ilm-fan va madaniyatning o‘rni. – 2024. – Vol. 3. – No. 12. – B. 40–45.

3. ShNQ 2.05.07-24. Avtoturargohlar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, 2025.

4. Bo‘ronov S.B., Jumabayev D.M., Axmedov Sh.A. Shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida transport harakat miqdori oqimining jadalligi va tarkibining o‘zgarishi // Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali). – Samarqand: SamDAQU, 2023. – Mahsus son. – B. 422–426. ISSN: 2091-5004.

5. Bradski, G. The OpenCV Library // Dr. Dobb’s Journal of Software Tools. – 2000. – Vol. 25. – No. 11. – P. 120–125.

6. Jocher, G., Chaurasia, A., Qiu, J. Ultralytics YOLOv8. – Zenodo, 2023. DOI: 10.5281/zenodo.7347926.

7. AASHTO. A Policy on Geometric Design of Highways and Streets (“Green Book”). 7th ed. – Washington, DC: American Association of State Highway and Transportation Officials, 2018. – 1026 p.

8. Xotamov A.T., Axmedov Sh.A., Bo‘ronov S.B. Turar joy hududida avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish masalalari // Me’morchilik va qurilish muammolari (ilmiy texnik jurnali). – Samarqand: SamDAQU, 2023. – Mahsus son. – B. 397–400. ISSN: 2091-5004.

9. Axmedov Sh.A. Environmental and Urban Planning Aspects of the Introduction of Green Parking Lots in Tashkent // Journal of Innovation in Educational and Social Research. – 2024. – Vol. 2. – Issue 12. – P. 114–119. ISSN: 2992-894X.