Abstract
Mazkur maqolada YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi hamda unda O‘zbekistonning ishtiroki masalalari yoritib berilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy tarix, madaniy meros va noyob qo‘lyozmalarni asrash, ularni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish borasida amalga oshirilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mamlakatimizdagi qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar va nodir manbalarni saqlash, restavratsiya qilish hamda ularni YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonning mazkur dastur doirasidagi xalqaro hamkorligi, xususan, kutubxonalar, arxivlar va ilmiy markazlarning faoliyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot davomida “Jahon xotirasi” dasturining tarixiy merosni saqlash, yosh avlodga yetkazish hamda milliy qadriyatlarni dunyo miqyosida targ‘ib etishdagi ahamiyati ochib beriladi. Mavzuni yoritishda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, arxiv materiallari va davriy matbuot manbalaridan foydalanilgan.
References
YUNESKO Ijroiya kengashi O‘zbekistonning 19-noyabrni Xalqaro hujjatli meros kuni deb e’lon qilish tashabbusini bir ovozdan ma’qulladi. // https://dunyo.info/uz/Fakt/ispolnitelnyy-sovet-yunesko-edinoglasno-odobril-iniciativu-uzbekistana-o
2. O‘zbekistonda saqlanayotgan muqaddas Usmon Qur’oni. // https://www.unesco.org/en/memory-world/holy-koran-mushaf-othman?hub=1081
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari to‘plami. // https://www.unesco.org/en/memory-world/collection-al-biruni-institute-oriental-studies?hub=1081
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan “Xiva xonligi konselyariyasi” // https://www.unesco.org/en/memory-world/archives-chancellery-khiva-khans?hub=1081
5. Buxoro amirligining qushbegi ma’muriyati arxivlari to‘plami // https://www.unesco.org/en/memory-world/qushbegi-chancellery-bukhara-emirate?hub=1081
6. Asrorxo‘jayeva M. O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasida YUNESKO bilan hamkorlik istiqbollari. Monografiya. – T.: “Donishmand ziyosi”. 2024. – B. 129.
7. Mavlono Rumiy kulliyoti // https://www.unesco.org/en/memory-world/mawlanas-kulliyat-complete-works-mawlana?hub=1081
8. ‘‘Jome’ at-tavorix’’ (Tarixlar to‘plami) asari. // https://www.unesco.org/en/memory-world/camiut-tevarih/jami-al-tawarikh?hub=1081
9. Mug tog‘idan topilgan sug‘diy hujjatlar. // https://www.unesco.org/en/memory-world/collection-documents-mount-mugh?hub=1081
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 03.03.2021 yildagi “Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 119-sonli qarori // https://lex.uz/en/docs/-5320217#-5322758