IBN AL-ASIR AL-JAZARIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI
PDF

Keywords

tarixshunoslik, musulmon tarixchilari, o‘rta asrlar tarixi, Arab-Islom davlati, Musul, Jaziratu Ibn Umar, Salohiddin Ayyubiy, Atabeyliklar, Abbosiylar xalifaligi, mo‘g‘ullar bosqini, salib yurishlari, tarixiy manbalar, ilmiy meros, biografiya, tarixiy tadqiqot, islom madaniyati, tarixnavislik metodologiyasi.

Abstract

Mazkur maqolada XII–XIII asrlarda yashab ijod qilgan buyuk musulmon tarixchisi Ibn al-Asirning hayoti, ilmiy faoliyati va uning mashhur tarixiy asari Al-Komil fit-tarix tahlil qilinadi. Tadqiqotda olimning nasabi, tug‘ilgan muhiti, ta’lim olgan ilmiy markazlari, ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek, Ibn al-Asir yashagan davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-madaniy sharoitlari uning tarixnavislik qarashlariga qanday ta’sir ko‘rsatgani o‘rganilgan. Maqolada “Al-Komil fit-tarix” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyati, muallifning voqealarni yoritish uslubi, manbalardan foydalanish mahorati hamda keyingi tarixshunoslikka ko‘rsatgan ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida Ibn al-Asirning o‘rta asr musulmon tarixshunosligi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va uning asarlari bugungi kunda ham muhim ilmiy manba sifatida o‘z ahamiyatini saqlab kelayotgani asoslab berilgan.

PDF

References

Ibn al-Asir. Al-Komil fit-tarix: 12 jild. – Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1987.

2. Ibn al-Asir. Al-Bohir fi ad-Davlat al-Atabakiya. – Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 1963.

3. Ibn al-Asir. Usd al-G‘oba fi Ma’rifat as-Sahoba: 8 jild. – Bayrut: Dar al-Fikr, 1995.

4. Ibn al-Asir. Al-Lubob fi Tahzib al-Ansob: 3 jild. – Bayrut: Dar Sodir, 1980.

5. Ibn Xallikon. Vafoyot al-A’yon va Anbo’ Abna’ az-Zamon: 8 jild. – Bayrut: Dar Sodir, 1978.

6. Az-Zahabiy. Siyar A’lam an-Nubalo’: 25 jild. – Bayrut: Muassasat ar-Risola, 1985.

7. As-Safadiy. Al-Vofiy bil-Vafayot: 29 jild. – Bayrut: Dar Ihyo at-Turos al-Arabiy, 2000.

8. Ibn al-Imod al-Hanbaliy. Shazarot az-Zahab fi Axbor man Zahab: 8 jild. – Bayrut: Dar Ibn Kasir, 1986.

9. Abul Fido. Al-Muxtasar fi Axbor al-Bashar: 4 jild. – Qohira: Dar al-Maorif, 1960.

10. Al-Qiftiy. Inbah ar-Ruvot ala Anbah an-Nuhot: 4 jild. – Qohira: Dar al-Fikr al-Arabiy, 1986.