Abstract
Ushbu maqolada koreys tilidagi frazeologizmlarda milliy mentalitetning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda koreys xalqining dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari, oila va jamiyat haqidagi tasavvurlari, mehnatga munosabati, hurmat, sabr, kamtarlik, ijtimoiy uyg‘unlik va insonlararo munosabatlarni aks ettiruvchi frazeologik birliklar ko‘rib chiqiladi. Maqolada 눈이 높다 (talabi baland bo‘lmoq), 손이 크다 (saxiy bo‘lmoq), 입이 무겁다 (sir saqlay olmoq), 발이 넓다 (tanish-bilishi ko‘p bo‘lmoq), 마음을 먹다 (qaror qilmoq), 피땀을 흘리다 (jon-jahdi bilan mehnat qilmoq), 고개를 숙이다 (bosh egmoq, hurmat yoki uzr bildirmoq) kabi birliklar lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, koreys frazeologizmlari xalqning milliy tafakkuri, ijtimoiy odobi, jamoaviylikka moyilligi va axloqiy mezonlarini aks ettiruvchi muhim til birliklari hisoblanadi.
References
1. 국립국어원. 표준국어대사전. 서울: 국립국어원.
2. 임지룡. 국어 의미론. 서울: 탑출판사, 1992.
3. 김종택. 국어 어휘론. 서울: 탑출판사, 1992.
4. Maslova V. A. Lingvokulturologiya. Moskva: Akademiya, 2001.