Abstract
Mazkur maqolada koreys va o‘zbek tillaridagi ayolning xulq-atvorini salbiy jihatdan tavsiflovchi maqollar tadqiq etilgan. Ayolning xulq-atvorini ifodalovchi maqollar lisoniy kamsitish jihatidan ayollarni hiylakor va yengiltak hamda ularni ishyoqmas, dangasa, ahmoq kishi sifatida tasvirlovchi maqollar singari semantik guruhlarga ajratib tahlil qilingan. Ushbu maqollarda ayolning xatti-harakati qoralangan bo‘lib, ularda jamiyatning genderga asoslangan stereotipik tasavvurlari namoyon bo‘ladi.