Abstract
Global siyosiy jarayonlarning murakkablashuvi va xalqaro munosabatlarda arab dunyosining strategik mavqeyi ortishi natijasida arab diplomatik tili o‘ziga xos avtonom terminologik tizimga ega bo‘lgan murakkab lingvistik hodisaga aylandi. Bugungi kunda arab diplomatik diskursi nafaqat klassik arab tili qoidalariga, balki xalqaro diplomatik standartlar va milliy lingvomadaniy kodlarning sinteziga tayanmoqda. Tadqiqotda diplomatik matnlarda qo‘llaniladigan terminlarning salmoqli qismi neologizmlar va kalka usulida o‘zlashgan birliklar ekanligi, ularning semantik transformatsiyasi esa siyosiy muloqotning samaradorligini belgilovchi asosiy omil ekanligi dalillanadi. Maqolada arab diplomatik nutqidagi evfemizmlarning pragmatik funksiyasi hamda terminologik asoslarning barqarorlashuv jarayonlari zamonaviy rasmiy hujjatlar tahlili orqali ochib beriladi.
References
Badawi, El-Said. (2006). Modern Standard Arabic in the Media.
2. Holes, Clive. (2004). Modern Arabic: Structures, Functions, and Varieties.
3. Ayatollahi, M. (2018). Political and Diplomatic Discourse in Arabic.