TRANSMILLIY JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA EKSTRADITSIYA MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGI: KIBERJINOYATLAR VA MOLIYAVIY JINOYATLAR MISOLIDA
PDF

Keywords

ekstraditsiya, kiberjinoyatlar, moliyaviy jinoyatlar, yurisdiksiya, raqamli dalillar, xalqaro hamkorlik, Budapesht konvensiyasi, FATF standartlari, transmilliy jinoyatchilik, zamonaviy jinoyatlar.

Abstract

Mazkur maqola zamonaviy jinoyatchilik shakllari – kiberjinoyatlar va murakkab moliyaviy jinoyatlar sharoitida ekstraditsiya institutining huquqiy ahamiyati va amaliy samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash, yurisdiksiya masalalarini belgilash hamda raqamli dalillarni to‘plash va uzatish bilan bog‘liq muammolar ilmiy asosda yoritiladi. Muallif kiberjinoyatlar va transmilliy moliyaviy jinoyatlar ekstraditsiya mexanizmini eskirtiryaptimi yoki uni transformatsiyaga majbur qilayaptimi, degan savolni ilmiy polemika asosida tahlil qiladi. Maqolada Budapesht kiberjinoyatlar konvensiyasi, FATF standartlari, xalqaro tashkilotlar amaliyoti hamda xorijiy davlatlar tajribasi asosida ekstraditsiyaning zamonaviy jinoyatchilikka moslashuvi masalasi baholanadi. Tadqiqot natijasida ekstraditsiya instituti zamonaviy jinoyatlar sharoitida o‘z ahamiyatini yo‘qotmayotgani, biroq uning samaradorligi raqamli dalillar almashinuvi, moslashuvchan yurisdiksiya yondashuvlari va kuchli xalqaro hamkorlik mexanizmlari bilan integratsiyalashgan taqdirdagina ta’minlanishi asoslab beriladi.

PDF

References

1. Wall D. Cybercrime: The Transformation of Crime in the Information Age. Polity Press, 2007.

2. Cassese A. International Criminal Law. Oxford University Press, 2013.

3. Gilmore W. Dirty Money: The Evolution of International Measures to Counter Money Laundering. Council of Europe, 2004.

4. Casey E. Digital Evidence and Computer Crime. Academic Press, 2011.

5. Council of Europe. Convention on Cybercrime (Budapest Convention), 2001.

6. Brenner S. Cybercrime and the Law: Challenges, Issues, and Outcomes. Northeastern University Press, 2010.

7. FATF. International Standards on Combating Money Laundering and the Financing of Terrorism, 2012.