Abstract
Ushbu maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Imom Moturidiy” romanida tarixiy-biografik janrning badiiy va ilmiy xususiyatlari hamda asarning syujet strukturasining tahlili o‘rganiladi. Tadqiqot obyekti sifatida zamonaviy o‘zbek adabiyotida tarixiy-biografik janrning yorqin namunalaridan biri bo‘lgan mazkur roman tanlangan. Maqolada roman Somoniylar davri (IX–X asrlar) tarixiy muhiti, Imom Abu Mansur al-Moturiydiyning hayot yo‘li va ilmiy merosini yoritishda muallifning ilmiy manbalarga (tarixiy yilnomalar, Qur’on tafsirlari, Imom Moturiydiyning asarlari) asoslanishi tahlil qilinadi. Badiiy jihatdan esa tarixiy faktlarning ijodiy talqini, obrazlar tizimi, ramziy tasvirlar va psixologik chuqurlik masalalari ko‘rib chiqiladi.
Asosiy e’tibor syujet strukturasining tahliliga qaratilgan. Roman syujeti ekspozitsiya (“Uch otliq”), tugun (“Sirli maktub”), voqealar rivoji, kulminatsiya (“Sir fosh bo‘lgan kun”) va yechim (“Qatl”) bosqichlariga ajratib tahlil etilgan. Muallif roman kompozitsiyasining uch qismga bo‘linishi, boblarning mazmunli sarlavhalari va konflikt turlarining (siyosiy, diniy-aqidaviy, psixologik) uyg‘unligini alohida ta’kidlaydi.
References
1. Nasirov A. O‘zbek romanchiligi. Darslik. –Samarqand, SamDU nashri, 2023.
2. Luqmon Bo‘rixon. “Imom Moturidiy” roman. Toshkent, “Adabiyot”, 2022.
3. D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. «Navoiy universiteti» Toshkent 2018.
4. Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning taʼlimoti, T., 20005.