UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINI O‘QITISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA FUQAROLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISH UCHUN QO‘LLANADIGAN ZAMONAVIY METODLAR
PDF

Keywords

Tarbiya fani, fuqarolik pozitsiyasi, daxldorlik tuyg‘usi, zamonaviy metodlar, keys-stadi, loyihaviy ta’lim, innovatsion pedagogika, maktab o‘quvchilari.

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda dars jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Muallif o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarida mustahkam fuqarolik pozitsiyasi, Vatanga sadoqat va daxldorlik hissini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyatini yoritib beradi. Maqolada interaktiv metodlar, xususan, keys-stadi (vaziyatli tahlil), loyihaviy ta’lim, debat va simulyatsion o‘yinlarning amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda mustaqil fikrlash hamda ijtimoiy voqelikka daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF

References

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2022. – 416 b.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

3. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. – 168 b.

4. Ishmuhammedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A.H. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – Toshkent: “Iste’dod”, 2010. – 180 b.

5. Xasanov R.H. Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish metodikasi // Pedagogik mahorat. – Buxoro, 2023. – № 4. – B. 88-93.