Abstract
Ushbu maqolada koreys va o‘zbek xalq ertaklaridagi lingvomadaniy birliklar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida “Bo‘qoqli chol”, “Oltin bolta va kumush bolta”, “Qizil va ko‘k yelpig‘ich”, “Ahil aka-ukalar” hamda “Oy va Quyosh” kabi koreys xalq ertaklari tanlab olingan. Maqolada Dokkebi, tog‘ ruhi, yo‘lbars obrazlari hamda guruch va tteok kabi milliy-madaniy tushunchalarning o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi muqobillari bilan o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, har ikki xalqning geografik muhiti, e’tiqodi va turmush tarzining ertaklardagi obrazlar tizimiga ta’siri hamda realliyalarni tarjima qilish usullari yoritiladi.
References
1. Juraqulov R.D. Ertak janrining o‘ziga xos xususiyatlari // Academic Research in Educational Sciences. Toshkent, 2022. –B. 786-794.
2. Jumanov E. Ertak formulalarining mifologik asoslari // Jahon adabiyoti. –Toshkent, 2022. – № 1. – B. 164–169.
3. Lee, K. K. Traditional Objects and Their Symbolism in Korean Folklore. – Seoul: Jimoondang, 2003. – P. 85–102.
4. Cho H. R. The Symbolism of Dokkaebi in Korean Folk Tales // Journal of Korean Folklore. – Seoul, 2014. – № 59. – P. 120–145.
5. Talk To Me In Korean. Korean Folk Tales : 15 Traditional Korean Fairy Tales. - Seoul : Longtail Books, 2014. -258 p.